11 sen 12:23
Yangiliklar
Boks/MMA
Ramazon Temirov UFC doping testini topshirdi. Natijasi qanday bo'ldi?
O'zbekistonlik taniqli aralash yakkakurash ustasi, yaqindagina UFC'ga qo'shilgan Ramazon Temirov ilk jangi oldidan doping testi topshirdi.
U mazkur testdan muvaffaqiyatli o'tganini elon qildi.
"Ko'pchilik UFC doping testidan o'tdingizmi, deb so'rayapti. Bundan 3-4 kun oldin UFC doping nazoratidan kelib, test olib ketishdi. Kecha yozishlaricha, tahlillarning hammasi yaxshi chiqibdi. Jang kunimiz aniq. Hozir viza chiqishini kutyapmiz. Viza chiqishi bilan AQSHga uchib ketamiz", dedi Temirov.
Malumot o'rnida, 27 yoshli Temirov UFC bilan to'rtta jang uchun shartnoma imzolagan. U debyut jangini 13 oktyabr kuni amerikalik Si Jey Vergaraga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar