14 okt 07:30
Yangiliklar
Boks/MMA
Ramazon Temirov UFC'dagi ilk g'alabasidan so'ng: "Bu divizionga tomoshabop jang ko'rsatadigan yangi chempion etib keldi"
O'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Ramazon Temirov UFC Vegas 98 turniridagi jangidan keyin o'z fikrini bildirdi.
"Yoshligimdan orzu qilganim — UFC'ga etib keldik. Butun O'zbekiston kutgan natijani Alloh izni bilan qo'lga kiritdik. Bu divizionga tomoshabop jang ko'rsatadigan yangi chempion etib keldi. Xudo xohlasa, bu divizionda chempion bo'lib, chiroyli janglar o'tkazamiz", dedi 27 yoshli sportchi.
Eslatib o'tamiz, Ramazon musobaqa doirasida amerikalik Si Jey Vergarani birinchi raundda nokaut orqali taslim etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar