01 okt 18:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Ramazon Temirov UFC'dagi ilk jangiga qirg'izistonlik Miktibek Oralbay bilan shug'ullanmoqda
Xabaringiz bor, o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Ramazon Temirov shu kunlarda Amerika Qo'shma SHtatlarida bo'lib turibdi.
Temirov u erda menejeri Yurayya Feyber egalik qiluvchi zalda UFC'dagi debyut jangiga so'nggi tayyorgarliklarni olib bormoqda.
Ahamiyatlisi, Ramazon mashg'ulotlarda kundan-kunga tanilib borayotgan qirg'izistonlik UFC jangchisi Miktibek Oralbay bilan ishlamoqda.
Oralbay UFC'da hozircha 2 ta jang o'tkazib, g'alaba qozondi. U 26 oktyabr kuni polshalik Mateush Rebecki bilan to'qnash keladi.
Ramazon Temirov esa 13 oktyabr kuni amerikalik Si Jey Vergaraga qarshi jang qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar