23 fev 10:13
Yangiliklar
Boks/MMA
Ramazon Temirov UFC`dagi jangiga ishora qildi + FOTO
Doping sabab bir yillik chetlatish jazosini o'tagan aralash yakkakurash ustamiz ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida navbatdagi jangi muddatini oshkor etdi.
"In SHa Alloh, tez orada. 2026, iyun-iyul", deya surat ostida izoh ham qoldirgan Temirov.
Avvalroq, Ramazon mart oyidan boshlab, yana UFC'dan jang olishi mumkinligi aytilgandi. Temirovning jamoasi iyun oyida o'tkaziladigan Oq Uydagi UFC turnirida ishtirok etishni umid qilmoqda.
Malumot uchun, hamyurtimiz UFC'da hozirgacha 2 ta jang o'tkazib, ularning har ikkisida g'alaba qozongan.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar