04 noy 21:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Ramazon Temirovning navbatdagi jang sanasi va raqibi malum
Ramazon Temirov NFC'da jang qiladi.
Taniqli MMA jangchimiz Ramazon Temirov (13-2) 25 noyabr kuni NFC-49 turnirida oktagonga chiqadi. Hamyurtimizga braziliyalik Kaysk Alensar (10-3) raqiblik qiladi. Bu haqda Temirovning murabbiyi Jasur Alijanov Instagram sahifasi orqali xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, Ramazon so'nggi jangini MPL-5 da qirg'izistonlik Argen Maratbek uluga qarshi o'tkazib g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar