12 apr 14:04
Yangiliklar
Boks/MMA
Ramazon Temirovning Rizin'dagi ilk raqibi o'zgardi
Ramazon Temirov raqibi jarohat olgani sabab jangda ishtirok eta olmasligini aytdi.
Eng engil vazn toifasida o'zbekistonlik aralash jang sanatlari vakili Ramazon Temirov 6 may kuni Yaponiyaning Rizin ligasida mezbon jangchi Takaki Soyaga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi. Biroq hamyurtimizning raqibi jarohat olib, jangda qatnasha olmasligi malum bo'ldi.
"Bazi sabablarga ko'ra jangim bekor bo'ldi. Raqibim jarohat olibdi, balki jarohatdir, balki boshqa narsa bo'lgandir. Hammasi yaxshilikka. Bizga nima yaxshi ekanini Alloh biladi. Uni o'rniga boshqa raqib berishdi. In SHa Alloh bu raqibni ham qabul qildik. 6 may kuni jang bo'ladi. Hozirda vazn tashlash va mashg'ulotlar davom etmoqda", - deb aytib o'tgan Rizin'dagi ilk o'zbek jangchisi.
Havola :
Manba : instagram.com/ramazan_temurov
Fikrlar