15 noy 15:56
Yangiliklar
Boks/MMA
Ramzan Qodirov 5 yoshli bolaga "Mersedes" mashinasini sovg'a qildi
CHechenistonning Duba-Yurt qishlog'ida yashovchi besh yoshli Rahim Kuraev 4105 marotaba kuch mashqini (otjimanie) bajardi.
Buning evaziga Respublika rahbari Ramzan Qodirov bolakayga "Mersedes" avtomobilini sovg'a qildi. Mashina Axmat-Hoji Qodirov fondi tomonidan taqdim etildi. Avvalroq, ushbu fond Xabib Nurmagomedovga ham mashina sovg'a qilgandi.
Qodirov mashinani bolakayga berar ekan, "Unda otang seni olib yursin. Sen eng yaxshisiga loyiqsan" dedi. Bolakay yangi mashiinaning kapotida ham o'z mahoratini namoyish etdi. U Qodirovga ushbu ko'rsatkichni 5000 marotabagacha etkaza olishini aytib o'tdi.
Havola :
Manba : vesti.ru
Fikrlar