10 avg 20:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Ramzan Qodirov Rossiya boks terma jamoasi bosh murabbiyini sayyoh deb atadi
CHecheniston Respublikasi rahbari vazifasini vaqtinchalik bajaruvchisi Ramzan Qodirov boks bo'yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Lebzyakni sayyoh deb atadi.
Lebzyak bugun matbuotga bergan intervyusida Rossiya terma jamoasi bokschilarini sayyohga o'xshatib, yuragida o'ti yo'q, deb atagandi. Bosh murabbiyning bu bayonoti keng muhokamaga sabab bo'ldi.
“Natijaga bosh murabbiy javobgar bo'ladi. Buni unga o'rgatish shart emas. Bokschilarni jangga ruhlantirish va tayyorlash aynan uning vazifasi edi. Bokschilar emas, uning o'zi sayyoh”, - degan R.Qodirov.
Aleksandr Lebzyak Rossiya terma jamoasi Olimpiadaga kelishidan 25 kun avval o'z yordamchilari bilan istefoga chiqishi haqida ariza yozganini aytmoqda.
Eslatib o'tamiz, shu kungacha o'tkazilgan bahslarda Rossiya terma jamoasining to'rt nafar bokschisi mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Havola :
Fikrlar
Шулардан бири кеча ютказган,Рамзон жон-жахди билан химоя килишга уринвотган чечен бола.