23 may 20:31
Yangiliklar
Ramzan Qodirovning 18 yoshli o'g'li "Axmat" prezidentiga aylandi
"Axmat" futbol klubining yangi prezidenti etib, CHechen Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri Axmat Qodirov tayinlandi.
Ishonchimiz komilki, Axmat Ramzanovich boshchiligida jamoani yangi g'alabalar, muvaffaqiyat va sovrinlar kutib turibdi. Klub vice-prezidentlaridan biri etib esa CHechen Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri birinchi o'rinbosari Umar Daudov tayinlandi.
Jonajon jamoamiz "Axmat"ni rivojlantirish yo'lida omad va zafarlar tilab qolamiz. Birgalikda g'alabaga erishamiz!" — deyiladi klub xabarida.
18 yoshli Axmat Qodirov CHechen Respublikasi etakchisi Ramzan Qodirovning o'g'li hisoblanadi. Bugun, 23 may sanasida Magomed Daudov "Axmat" klubi prezidenti lavozimini tark etgani xabar qilingandi.
Fikrlar