So’nggi yangiliklar

19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0

14 apr 13:16
Yangiliklar

Dzyudo

Ramziddin Saidovni tabriklaymiz!

Bugun dzyudo bo'yicha xalqaro toifadagi hakam, sportchilik faoliyati davomida aytishga arzigulik yutuqlarni qo'lga kiritgan Ramziddin Saidov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Ramziddin Saidov - 1982 yilning 14 aprel kuni Buxoroda dunyoga kelgan. Dzyudo sir-asrorlarini O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan murabbiy, "El-yurt hurmati" ordeni sohibi, Olot dzyudo maktabi asoschisi Rustam To'raevdan o'rgangan.  

2012 yilgi London Olimpiadasida ishtirok etgan Saidovga bronza medalini qo'lga kiritishi uchun bir qadam etmay qolgandi. -100 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Ramziddin AQSH vakili Vashkulat Kil, kubalik Oreydi Despenni mag'lubiyatga uchratdi. CHorak finalda mo'g'ulistonlik Tuvshinbayar Naydanga imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

Bronza medali yo'lidagi ilk bellashuvda ozarbayjonlik Elmar Gasimovdan ustun keldi. Ammo, hal qiluvchi bahsda germaniyalik Dimitr Petersga yutqazib qo'ygan va Olimpiadani kuchli beshlikda yakunlagan edi. Sportda g'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yuradi deb shunga aytishsa kerak-da! 

Bugungi qahramonimiz 2004 yilgi Afina Olimpiadasida ham ishtirok etgandi. Xuddi shu yili Qozog'istonda o'tkazilgan Osiyo chempionatida -81 kg vazn toifasida ishtirok etib, oltin medalni qo'lga kiritgan. 2006 yilda Dohadagi Osiyo o'yinlarida -90 kg vaznda qatnashib, bronza medaliga sazovor bo'lgan.  

Ramziddin Saidov 2013 yilda -100 kg vazn toifasi reytingida 1-o'ringa ko'tarilgan. 2010 yilda Abu-Dabi Gran-Pri, Toshkentda o'tgan Jahon kubogi, 2012 yilda Moskva "Katta Dubulg'a" turnirlarida shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilgan. 

SHundan so'ng uning murabbiylikdagi faoliyati boshlangan. Hozirda Saidov IJF referisi hisoblanadi va Tokio-2020 Olimpiadasida hakamlik qilishga bosh davogar bo'lib turibdi.

Fursatdan foydalanib, Ramziddin Saidovni bugungi unutilmas kuni - tavallud ayyomi bilan O'zbekiston dzyudo federaciyasi rahbariyati, murabbiylar shtabi va dzyudochilar nomidan muborakbod etamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing