30 sen 13:11
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/88655_220.jpg)
Raqibini nokautga uchratgan SHavkat Rahimov rasmiy davogar aylandi
Birinchi engil vazn toifasining IBF reytingida 5-o'rinni egallab turgan SHavkat Rahimov muhim g'alabasiga erishdi.
Tojikistonlik bokschi Janubiy Afrika Respublikasining Ist-London shahrida tashkil etilgan boks oqshomida jang o'tkazdi. Rahimov mahalliy bokschi Azinga Fuzilaga qarshi ringga ko'tarildi va IBF reytingida 4-pog'onadan joy olgan raqibini sakkizinchi raundda nokautga uchratdi.
Ushbu g'alaba SHavkat Rahimovni IBF chempionlik kamari uchun rasmiy davogarga aylantirdi. Hozirda ushbu yo'nalishda jahon chempionlik kamari amerikalik Tevin Farmerga tegishli bo'lib turibdi. Fuzila faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar