04 fev 11:50
Yangiliklar
Rasman. Azizbek Temirovning AQSHdagi ilk jangi elon qilindi, aka-ukalarning ikkisi ham bir haftada jang qiladi
Temirov 11 yanvar LFA 199 turniri doirasida rossiyalik Magomed SHaxbanov bilan jang qilishi kerak edi. Biroq jarohati tufayli hamyurtimiz musobaqada qatnasha olmagandi. Azizbek endi 6 mart kuni Las-Vegasda o'tkaziladigan LFA 203 turniri doirasida oktagonga ko'tariladi. Unga o'sha kuni braziliyalik Daniel Arauxo raqiblik qiladi.
Musobaqaning markaziy jangi qirg'izistonlik Uran Satibaldiev va Braziliya vakili Leon Soaresh o'rtasida kechadi. Azizbekning akasi Ramazon 2 mart tongida UFC Fight Night turniri doirasida amerikalik CHarlz Jonson bilan bahs olib boradi.
Malumot uchun, Azizbek Temirov faoliyati davomida 5 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Arauxo hisobida esa oltita g'alaba mavjud.
Fikrlar