26 mar 17:00
Yangiliklar

Rasman: BAA terma jamoasi bosh murabbiyi istefoga chiqarildi
Rasmiy bayonotga ko'ra, bosh murabbiy o'z yordamchilari bilan ishdan bo'shatilgan. Bunga termaning JCH saralashi doirasida Eronga uchragan mag'lubiyati sabab bo'lishi mumkin. Lekin kecha uning termasi KXDRni mag'lub qildi va jahon chempionatiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma uchun imkoniyatlarni saqlab qoldi.
Bentu 2023 yilning 9 iyul kunida BAA bosh murabbiyi etib tayinlangan va uning qo'l ostida 26 ta o'yinda qatnashib, 14 g'alaba, 5 durang va 7 mag'lubiyat qayd etdi.
Jamoa jahon chempionati saralash bosqichi "A" guruhida BAA termasi 8 o'yindan so'ng 13 ochko jamg'argan holda 3-o'rinda bormoqda. Amirliklar navbatdagi uchrashuvni 5 iyun kuni o'z maydonida O'zbekistonga qarshi o'tkazadi va keyin Qirg'iz Respublikasiga safar uyushtiradi.
Fikrlar