02 okt 09:47
Yangiliklar

Rasman! Belal Muhammadning jangi ham elon qildi
Falastinlik aralash yakkakurash ustasi ham Arman Carukyan singari Qatardagi UFC turnirida o'z jangini o'tkazadi. Belal UFC yarim o'rta vazn reytingida 6-o'rinni egallab turgan irlandiyalik Ian Garriga qarshi oktagonga chiqadi. Bu haqda UFC ligasi matbuot xizmati xabar berdi.
Malumot uchun,37 yoshli Belal Muhammad professional MMAdagi faoliyatini 2012 yilda boshlagan. 2016 yilning iyulidan UFC promoshenida o'z janglarini o'tkazib kelyapti. Hisobida 24 g'alaba, 4 mag'lubiyat bor. Yana bir jangi o'tkazilmagan deb topilgan.
27 yoshli Ian professional MMAda 2019 yilning fevralidan, 2021 yilning noyabridan esa UFC promoushenida janglarini o'tkazmoqda. Irlandiyalik oktagonda 16 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etgan.
Fikrlar