13 mar 11:13
Yangiliklar
Rasman: Bogdan Guskovning sobiq chempionga qarshi jangi elon qilindi (+Asosiy kard)
9 may kuni AQSHning Nyuark shahrida o'tkaziladigan MMA bo'yicha UFC 328 turniri uchun navbatdagi janglar tasdiqlandi.
Avval xabar berganimizdek, mazkur turnir doirasida yarim og'ir vazn toifasidagi aralash yakkakurash ustamiz Bogdan Guskov UFC sobiq chempioni, polshalik Yan Blaxovichga qarshi oktagonga chiqadi.
Ularning ilk jangi o'tgan yilning dekabr oyida UFC 323 turnirida o'tkazilib, durang natija bilan yakunlangan edi. O'sha jangdan Blaxovich umumiy hisobda 321 ming, Bogdan Guskov esa 53 ming AQSH dollari ishlab olgandi.
UFC 328 musobaqasining markaziy jangi BAA vakili, o'rta vazn chempioni Xamzat CHimaev hamda amerikalik sobiq chempion SHon Striklend o'rtasida kechadi.
Malumot uchun, Yan Blaxovich hisobida 29 g'alaba, 11 mag'lubiyat va 2 durang bor. Angrenlik Guskovning MMAdagi rekordi 18 g'alaba, 3 mag'lubiyat va 1 durangni tashkil qilmoqda. U UFC`da to'rtta g'alabali seriyadan keyin durang natija qayd etgan edi.

Fikrlar