23 jan 22:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman: Boks bo'yicha Olimpiadaga licenziya beruvchi musobaqa sanasi o'zgartirildi
Avvalroq, 3-14 fevral kunlari Xitoyning Uxan shahrida Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi licenzion turnir o'tkazilishi haqida xabar qilgandik.
Tokio-2020 Olimpiadasining boks bo'yicha licenzion musobaqasini tashkil etuvchi qo'mita bahslar Uxandagi koronavirus sababli qoldirilgani haqida O'zbekiston boks federaciyasiga xat yubordi. Unga ko'ra, Osiyo va Okeaniya mamlakatlari bokschilari uchun Tokio Olimpiadasiga licenziya beruvchi musobaqa 3-11 mart kunlariga ko'chirildi. Ayni paytda tashkiliy qo'mita Xitoydan boshqa mamlakatda ushbu musobaqani o'tkazish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda. Tashkiliy qo'mita bu borada milliy federaciyalarga rasmiy xabar yuborishi haqida xatda alohida takidlangan.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Fikrlar