23 jan 09:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman: Boks bo'yicha Xitoyda o'tadigan Tokio-2020 licenzion turniri bekor qilindi
3-14 fevral kunlari Xitoyning Uxan shahrida Osiyo-Okeaniya qitalari uchun boks bo'yicha Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi musobaqa o'tishi belgilangan edi.
Afsuski, ushbu hududda hayot uchun xavfli korona-virusning tarqalishi sabab licenzion turnir bekor qilindi.
Xalqaro Olimpiya qo'mitasi shafeligida o'tadigan licenzion musobaqa qachon va qaerga ko'chirilishi borasida yangilik yaqin kunlar ichida elon qilinadi. Ayni paytda terma jamoamiz Uyshan shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazmoqda.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar