06 mar 12:31
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/208726_220.jpg)
Rasman: CHimaev - Byorns jangi tasdiqlandi + POSTER
Yarimo'rta vazn UFC jangchilari Gilbert Byorns va Xamzat CHimaev o'rtasidagi jang rasman tasdiqlandi.
UFC 273 turniri doirasidagi ushbu jang 10 aprel kuni AQSHning Jeksonvill shahrida bo'lib o'tadi. Oqshomning markaziy jangida yarim engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Aleks Volkanovski davogar «Koreyalik Zombi» CHon CHxan Songa qarshi oktagonga ko'tariladi.
Malumot uchun, Xamzat so'nggi jangini UFC 267 turniri doirasida xitoylik Li Jianlinga qarshi o'tkazib, raqibini birinchi raundning to'rtinchi daqiqasida bo'g'ish usuli bilan mag'lub etgandi. CHimaev UFC'dagi to'rtta jangida bor yo'g'i ikki marotaba zarba o'tkazib yuborgan.
Byorns esa so'nggi jangini o'tgan yilning iyul oyida Stiven Tompsonga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi.
Havola :
Fikrlar