30 may 09:29
Yangiliklar
Rasman! Diaz qaytmoqda, uning jangi tasdiqlandi + POSTER
Yarimo'rta vazn toifasida sobiq Strikforce chempioni, UFC kamariga sobiq davogar Nik Diaz o'zining uzoq tanaffusdan keyingi jangini 3 avgust kuni o'tkazadi. U shu kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida tashkil etiladigan UFC Fight NIght turnirida braziliyalik Visente Lukega qarshi oktagonga chiqadi.
Bu malumotni shaxsan UFC rahbari Dana Uayt tasdiqladi. Nik Diaz - Visente Luke jangi chempionlik yoki davogarlik maqomida bo'lmasa-da, tashkilotchilar tomonidan besh raund etib belgilandi.
Eslatib o'tamiz, Diaz so'nggi jangini 2021 yilning 25 sentyabr kuni UFC 266 turniri doirasida yarimo'rta vaznda sobiq UFC chempioni Robbi Loulerga qarshi o'tkazib, uchinchi raundda texnik nokaut evaziga yutqazib qo'ygandi. Nik Diaz 26 g'alaba va 10 mag'lubtyatga ega. Yana ikkita jangi o'tkazilmagan deb topilgan.
Visente Luke esa so'nggi bor 30 mart kuni UFC on ESPN 54 turnirida jang o'tkazgan. O'shanda u Nursulton Ro'ziboevga mag'lubiyat taqdim etgan amerikalik Xoakin Bakliga ikkinchi raundda texnik nokaut bilan imkoniyatni boy bergan edi.
Fikrlar