19 avg 16:43
Yangiliklar
Futbol
Rasman: Diyor Imomxo'jaev yana 4 yil PFLni boshqaradi
17 avgust kuni Associaciya prezidenti Bahodir Qurbonov tomonidan imzolangan taqdimnoma Liga Ijroiya qo'mitasiga yuborilgani va unda Liga bosh direktori lavozimi uchun Diyor Imomxo'jaev nomzodi ilgari surilgani xabar qilingandi.
Bugun — 19 avgust kuni Liga Ijroiya qo'mitasining 8 nafar azosi mazkur masalani ko'rib chiqdi. Yig'ilishda barcha azolar ishtirok etgan bo'lib, ular orasidan Odil Ahmedov hamda Alisher Yusupov Kuala Lumpurdan, shuningdek, Elbek Samatov Andijondan, yani, masofadan turib Liga bosh direktorligi uchun o'z ovozlarini taqdim etishdi.
Yig'ilish yakuniga ko'ra, Ijroiya qo'mitaning barcha azosi bir ovozdan Diyor Imomxo'jaev nomzodini navbatdagi vakolat muddatiga bosh direktor sifatida tasdiqladi. SHundan kelib chiqib, tashkilotning amaldagi rahbari 2026-yilning 19 avgust sanasidan etiboran keyingi to'rt yil davomida o'z vazifasini bajarishda davom etadigan bo'ldi.
Havola :
Manba : UzPFL
Fikrlar