09 okt 17:02
Yangiliklar
Rasman. Fyodor Emelyanenkoning jangi tasdiqlandi, raqib ham malum
Bugun jang manzili, sanasi va bo'lajak bahsdagi Emelyanenkoning raqibi rasman elon qilindi. Fyodor 29 dekabr kuni Yaponiyaning Saitama shahrida oktagonga ko'tariladi. Ushbu turnir Bellator va Rizin kompaniyalari hamkorligida tashkil etilmoqda.
SHu kuni rossiyalik MMA yulduzi Kvinton Jeksonga qarshi jang o'tkazadi. Bellator promousheni rahbari Skott Koker Rizin kompaniyasi boshlig'i Nabuyuki Sakakibara bilan birgalikda bugun Yaponiyada o'tkazilgan maxsus matbuot anjumanida bu haqda xabar berishdi.
"29 dekabr kungi turnirning markaziy jangi Fyodor Emelyanenko ishtirokida bo'lib o'tadi. Uning raqibi esa Kvinton Jekson bo'ladi. So'nggi Imperatorning Yaponiyadagi so'nggi jangini yuqori saviyada tashkil etamiz", - dedi Koker.
Fikrlar