04 apr 08:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman. Golovkin - Alvares revansh jangi o'tkazilmaydi
Professional boksning o'rta vazn toifasida uzoq kutilgan superjang o'tkazilmaydigan bo'ldi.
Uchta yo'nalishda jahon chempioni bo'lib turgan qozog'istonlik Gennadiy Golovkin meksikalik davogar bokschi Saul "Kanelo" Alvaresga qarshi revansh jangida ringga kztarilishi kerak edi. Ushbu chempionlik jangi 5 may kuniga belgilangandi.
Lekin Alvaresning qon tarkibida taqiqlangan modda topilgani bois Kanelo malum muddatga boksdan chetlatilgandi. Kecha meksikalik bokschi matbuotda chiqish qilib, revansh jangida ringga chiqmasligini malum qildi. Endi Golovkinning promouterlari Saulning o'rniga boshqa raqib topishlariga to'g'ri keladi.
Havola :
Fikrlar