18 fev 16:50
Yangiliklar
Futbol
Rasman: Husayn Norchaev - "Navbahor" futbolchisi
"Navbahor" selekciya ishlarini faol davom ettirmoqda.
Klub rasman o'tgan mavsumni "Nasaf"da o'tkazgan hujumchi Husayn Norchaevni o'z safiga qo'shib oldi. Bu haqida "Navbahor" matbuot xizmati o'zining rasmiy sahifasida elon qildi. Norchaev dekabr oyida Germaniyaning Myunxen shahrida oyog'idan operaciya qilingan edi. Ayni paytda esa Italiyada reabilitaciya jarayonini o'tkazmoqda. Hujumchi Apennin yarim orolidagi reabilitaciya yakunlanganidan keyin "lochinlar" ixtiyoriga kelib qo'shiladi.
Avvalroq saytimiz orqali forvardning namanganliklar tarkibiga yo'l olishi haqida malum qilgan edik.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar