01 fev 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman: Inoue va Kasimero birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga chiqadi
Engil vazn toifasida bir yo'la uchta chempionlik kamari o'rtaga qo'yiladigan birlashtiruvchi chempionlik jangi o'tkaziladi.
Unda WBA va IBF yo'nalishlari chempioni yaponiyalik Naoya Inoue shu vaznda WBO chempioni Jon Ril Kasimeroga qarshi ringga ko'tariladi. Ushbu birlashtiruvchi chempionlik jangi 25 aprel kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Bugun Yaponiyada chempionlik jangining o'tkazilishi yuzasidan maxsus matbuot anjumani tashkil etildi va unda bu haqida rasman elon qilindi. Inoue so'nggi jangini Butunjahon boks superseriyasi (WBSS) finalida o'tkazgan va o'shanda nomdor raqibi Nonito Donerni mag'lubiyatga uchratgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar