05 dek 10:21
Yangiliklar
Rasman! Islam Maxachevning navbatdagi chempionlik himoya jangi elon qilindi + POSTER
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi avval xabar berilganidek, 18 yanvar kuni AQSHning Los-Anjeles shahrida tashkil etiladigan raqamlangan UFC 311 turnirining markaziy jangida reytingda birinchi o'rinni egallab turgan kamar uchun majburiy davogar Arman Carukyanga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Rossiyalik aralash yakkakurash ustalari o'rtasidagi ikkinchi jang UFC promousheni tomonidan rasman elon qilindi. Bu Arman uchun revansh maqomidagi jangga aylanadi. Islam shu yilning iyun oyida uchinchi chempionlik himoya jangini o'tkazgandi. UFC 302 turniri doirasida u amerikalik Dastin Poreni beshinchi raundda mag'lubiyatga uchratgan edi.
Arman Carukyan esa aprel oyida Las-Vegasdagi yubiley UFC 300 turnirida divizionning sobiq chempioni braziliyalik CHarlz Oliveyrani hakamlarning ayri qarori evaziga taslim etgandi. Bu davogarlik maqomidagi jang edi. 2019 yilning aprel oyida Arman Carukyan UFC`dagi debyut jangini aynan Islam Maxachevga qarshi o'tkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan yutqazgandi. O'shanda Carukyan qisqa muddatda Islamga qarshi jang uchun rozilik bergandi.
Fikrlar