16 jan 13:42
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/26791_220.jpg)
Rasman. “JCH-2019”ning Sochida o'tkazilishi bo'yicha shartnoma imzolandi
Rossiya boks federaciyasi hamda Xalqaro havaskor bokschilar associaciyasi (AIBA) Rim shahrida o'tgan AIBAning Ijroqo'm yig'ilishi doirasida 2019 yilgi jahon chempionatining Sochi shahrida o'tkazilishi bo'yicha rasmiy hujjat imzoladi.
SHuningdek, shu yilning 1-4 noyabr kunlari Moskva shahrida AIBA tashkilotining navbatdan tashqari hisobot-saylov yig'ilishini o'tkazishga ham kelishib olindi.
Har ikki shartnomaga Rossiya nomidan boks federaciyasi bosh kotibi Umar Kremlev AIBA nomidan vaqtinchalik prezident vazifasini bajarib turgan Franko Falchinelli imzo chekishdi. AIBA prezidenti CHing-Kuo Vu istefoga chiqarilganidan keyin aynan Falchinelli tashkilotni boshqarib turibdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar