15 jan 08:11
Yangiliklar

Rasman. Joshua - Parker jangi sanasi va manzili malum
Unga ko'ra, ushbu chempionlik jangi 31 mart kuni Uelsning Kardiff shahridagi “Millenium” stadionida o'tkaziladi. Bu malumotni Entoni Joshua (20-0, 20 KO) va Jozef Parker (24-0, 18 KO)ning rasmiy vakillari ham tasdiqlashdi.
Britaniyalik Joshua hozirda WBA, IBF va IBO yo'nalishlari
chempioni bo'lib turibdi. Yangi Zelandiya bokschisida esa WBO chempionlik kamari bor.
Bu Entoni uchun Uels poytaxtida o'tkaziladigan ikkinchi jang bo'ladi. U o'tgan
yilning 28 oktyabr kuni Karlos Takamni 10-raundda mag'lub etgan edi.
O'z o'rnida Parker ham Buyuk Britaniya hududida o'zining
ikkinchi jangida ringga ko'tariladi. 2017 yilning sentyabr oyida u Manchester
shahrida WBO chempionlik kamarini mezbon bokschi Xyui Fyuridan himoya qilgandi.
Fikrlar