So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

19 fev 14:06
Yangiliklar

Kurash

Rasman: Kattalar o'rtasida kurash vazn toifalari 16 taga etkazildi!

Teglar :  KurashIKA
Xalqaro Kurash Associaciyasi (IKA) kattalar o'rtasida kurash bo'yicha rasmiy vazn toifalarini 15 tadan 16 taga oshirish haqida qaror qabul qildi.

Avvalroq, erkaklar 7 ta va ayollar 8 ta vazn toifasida bellashgan bo'lsa, endi erkaklar uchun yangi – 120 kg vazn toifasi joriy etildi.

Bu o'zgarish xalqaro nufuzli sport musobaqalarida Kurashning ishtirokini mustahkamlash maqsadida amalga oshirildi. Xususan, 2024 yil davomida AIMS (Alliance of Independent Recognized Members of Sport) tashkilotiga azolik jarayonlarida vazn toifalarini maqbullashtirish masalasi bir necha bor muhokama qilindi. Tahlillar natijasida vazn toifalarini tenglashtirish tavsiya etildi.

2024 yil 13 aprel kuni bo'lib o'tgan IKA Boshqaruv kengashi yig'ilishida bu masala atroflicha ko'rib chiqildi va erkaklar uchun 120 kg vazn toifasini qo'shish bo'yicha yakuniy qaror qabul qilindi.

— Biz 8 oy davomida barcha texnik va taktik jihatlarni chuqur o'rgandik, — deydi IKA Bosh kotibi Muhammad Reza Nassiriy. — Kurashni xalqaro standartlarga moslashtirish uchun vazn toifalarini qisqartirish emas, balki yangi vazn qo'shish eng to'g'ri qaror bo'ldi. Bu boshqa kurashchilar uchun ham yangi imkoniyatlar yaratadi.

Kattalar o'rtasida Kurash vazn toifalari quyidagicha belgilandi:

Erkaklar: -60 kg, -66 kg, -73 kg, -81 kg, -90 kg, -100 kg, -120 kg, +120 kg.

Ayollar: Oldingi tartib saqlab qolindi.

Yangi vazn toifasi 2025 yilda IKA tomonidan tashkil etiladigan barcha rasmiy musobaqalarda amalga joriy qilinadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing