23 dek 16:51
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/25336_220.jpg)
Rasman. Kovalev - Mixalkin va Bivol - Barrera jangi 3 mart kuni o'tkaziladi
2018 yilning 3 mart kuni AQSHning Nyu-York shahridagi “Medison Skver Garden” arenasida boks kechasi tashkil etiladi.
Ushbu boks oqshomi doirasida rossiyalik ikki jahon chempioni ham ringga ko'tariladi. Yarim og'ir vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Sergey Kovalyov ilk himoya jangini rossiyalik Igor Mixalkinga qarshi o'tkazadi.
Kovalyov chempionlik kamarini hamyurtimiz Abror Tursunpo'latov murabbiyligida qo'lga kiritgandi. Aynan mana shu bahs boks oqshomining markaziy jangi bo'ladi.
Ikkinchi chempionlik jangida WBA chempioni Dmitriy Bivol ringga chiqadi. U majburiy va rasmiy davogar kubalik Sallivan Barreradan chempionlik kamarini himoya qiladi.
Havola :
Fikrlar