So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

10 iyu 07:56
Yangiliklar

Kurash

Rasman. Kurash – Xalqaro Harbiy Sport Kengashi (CISM)ning rasmiy sport turi sifatida etirof etildi!

Teglar :  KurashCISM
SHri-Lanka poytaxti Kolombo shahrida dunyodagi eng yirik sport tashkilotlaridan biri - Xalqaro Xarbiy Sport Kengashi (CISM)ning navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Biz uchun ahamiyatlisi, Bosh Assambleya yig'ilishida CISM milliy kurashimizni rasman o'z taqvimidan joy olgan sport turi sifatida etirof etdi. 1948 yilda tashkil etilgan va bosh qarorgohi Belgiyada joylashgan CISM – 140 ta azo davlatni birlashtirgan, harbiylar o'rtasida sport orqali tinchlik va do'stlikni targ'ib qiluvchi nufuzli xalqaro tashkilot hisoblanadi.

Mazkur yutuq – Xalqaro Kurash Associaciyasi (IKA) hamda O'zbekiston Qurolli Kuchlari va O'zbekiston Kurash Federaciyasining izchil harakatlari, muzokaralari va hamkorligi samarasidir.

Bosh Assambleyada IKA Texnika direktori janob Ravi Kapur tomonidan tayyorlangan Kurash taqdimoti CISM rahbariyati tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi va uning natijasida Kurash CISM taqvimiga kiritildi.

CISM doirasidagi birinchi rasmiy Kurash musobaqasi — Kurash Challenge Cup — 2026 yil 5-6 sentyabr kunlari O'zbekistonda o'tkaziladi. Ahamiyatlisi shundaki, musobaqaning final kuni — 6 sentyabr — Jahon Kurash kuniga to'g'ri keladi.

Xalqaro Kurash Associaciyasi Prezidenti Haydar Farmon mazkur muhim jarayonda faol ishtirok etgan va tashabbusni ilgari surgan IKA Bosh kotibi janob Reza Nasiriyga, CISM rahbariyatiga, O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Sport vazirligi hamda O'zbekiston Kurash Federaciyasiga ham o'z minnatdorligini izhor etdi.

“Bu – butun jahon Kurash oilasi uchun faxrli va quvonchli kundir. Kurash faqat sport emas – u tinchlik va sharaf ramzi bo'lgan manaviy merosdir. Uning CISM sport dasturiga kiritilishi xalqaro maydonda, ayniqsa, harbiy sportchilar orasida yangi yuksak bosqichni belgilab beradi”, — deyiladi IKA Prezidenti maktubida.

Kurashning CISM doirasiga rasman kiritilishi – uning xalqaro rivojlanishidagi yangi bosqichni boshlab berdi. Bu nafaqat sportchilar uchun, balki milliy federaciyalar va millionlab muxlislar uchun ham katta imkoniyatlar eshigini ochadi.

Endi Kurash nafaqat sport, balki turli xalqlar, madaniyatlar va armiyalar o'rtasida do'stlik ko'prigi sifatida xizmat qiladi. 2026 yildagi rasmiy debyutni dunyo qiziqish bilan kutmoqda – bu Kurashning intizom, anana va global birlikka asoslangan shonli tarixidagi yangi sahifa bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing