10 mar 11:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Rasman. LFA turnirida Mirafzal Axtamov emas, Humoyun To'xtamurodov jang qiladi. Raqib ham malum!
27 mart kuni Braziliyaning San Paulo shahrida MMA bo'yicha LFA 229 turniri bo'lib o'tadi.
Avvalroq, musobaqada o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Mirafzal Axtamov ishtirok etishi haqida xabar bergandik. Biroq malum bo'lishicha, turnirda Axtamov emas, boshqa bir hamyurtimiz — Humoyun To'xtamurodov oktagonga ko'tariladi.
Humoyunga o'sha kuni Braziliya vakili Juliano Presendo raqiblik qiladi. Bahs asosiy kard dasturiga kiritilgan.
27 yashar Humoyun To'xtamurodov hisobida 14 ta g'alaba va 5 ta mag'lubiyat bor. 28 yoshli Presendo esa hozirga qadar 14 ta jang o'tkazib, 11 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat qayd etgan.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar