07 jan 13:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman: Mahmud Muradov navbatdagi shartnomaga imzo chekdi
O'zbekistonlik MMAchi Mahmud Muradov navbatdagi jang uchun shartnomaga qo'l qo'ydi.
Avvalroq, www.olamsport.com sayti orqali hamyurtimiz mart oyida braziliyalik Antonio Karlos Juniorga qarshi jang qilishi haqida xabar qilgandik.
Mahmud Muradov Instagramdagi sahifasi orqali ushbu jang shartnomasiga imzo chekkanini rasman elon qildi.
"Men navbatdagi jang shartnomasiga imzo chekdim. Keyingi manzil Braziliya. 14 mart kuni navbatdagi g'alaba sari yo'l olamiz. Qo'llab-quvvatlayotganingiz uchun barchaga rahmat. Top-15 sari intilyapmiz. Biz birgalikda nasib qilsa tarih yaratamiz", - deb yozib qoldirgan Mahmud.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar