09 jan 15:34
Yangiliklar
Futbol
Rasman: "Manchester Siti" Semenoni sotib oldi + FOTO
"Manchester Siti" Gana terma jamoasi vingeri Antuan Semenoni "Bornmut"dan taxminan 65 mln funt evaziga safiga qo'shib oldi.
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Bu transfer "Bornmut" tarixidagi eng yirik sotuv bo'ldi. "Siti" Semenoning shanba kunigacha faollashtirilishi lozim bo'lgan bandini ishga tushirdi. Klub 62,5 mln funtni 24 oylik to'lovlar orqali, qolgan qismini esa bonuslar sifatida to'laydi.
Futbolchi 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi va jamoada avval Yaya Ture kiygan 42-raqamli libosda harakat qiladi.

Havola :
Fikrlar