01 may 17:35
Yangiliklar
Futbol
Rasman: "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi bilan yangi shartnoma tuzdi
MYU yarim himoyachisi Kobbi Maynu tasirchan o'yin ko'rsatdi va "qizil iblislar" uchun muhim shaxsga aylandi.
Klubning rasmiy tasdig'iga ko'ra, Maynu yangi bitimga imzo chekkan va u 2031 yilning yozigacha mo'ljallangan.

"Manchester Yunayted" har doim mening uyim bo'lib kelgan: bu maxsus klub oilam uchun ko'p narsani anglatadi. Men klubimizning shahrimizga tasirini ko'rib ulg'ayganman va bu futbolkani kiyish bilan bog'liq masuliyatni to'liq his etaman", – dedi futbolchi.
Bu mavsumda ingliz yarim himoyachisi barcha musobaqalarda 26 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi.
Eslatib o'tamiz, Maykl Kerrikning jamoasi 34 o'yindan so'ng (61 ochko) APLda 3-o'rinda bormoqda. "Qizil iblislar" 3 may kuni muhim o'yinda "Liverpul"ga qarshi o'ynaydi.
Havola :
Fikrlar