24 iyu 09:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Rasman. Menni Pakkyao jang o'tkazadigan sana malum qilindi
Filippinlik afsonaviy bokschi Menni Pakkyao (58-6-2, 38 KO) jang o'tkazadigan kun rasman malum qilindi.
Xabarda aytilishicha, sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni 5 noyabr kuni ringga ko'tariladi. Pakkyao ishtirokidagi jang AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi Thomas & Mack Center arenasida bo'lib o'tadi.
Menning sobiq promouteri Bob Arumning aytishicha, Pakkyao ishtirokidagi ushbu jangni HBO telekanali translyaciya qiladi. Hozircha filippinlik bokschining raqibi malum emas. Katta ehtimol bilan uning raqibi Jessi Vargas, Terens Krouford va Viktor Postoldan biri bo'ladi.
Havola :
Fikrlar