10 avg 13:38
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/2705_220.jpg)
Rasman. Menni Pakyao 5 noyabr kuni Vargasga qarshi ringga chiqadi
Professional boksning 8ta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Menni Pakyao o'zining navbatdagi jangini 5 noyabr kuni o'tkazadi.
Bu malumot rasman o'z tasdig'ini topdi. Filippinlik 37 yoshli bokschi AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida yarim o'rta vazn toifasining WBO yo'nalishi chempioni amerikalik 27 yoshli Jessi Vargasga qarshi ringga ko'tariladi. Vargas so'nggi jangida SAdam Alini mag'lub etib, ushbu chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi.
“Ha, jang bo'ladi, - deya tan oldi Pakyao. - Men 5 noyabr kuni yarim o'rta vazn toifasida WBO chempioni Jessi Vargasga qarshi ringga chiqishga rozilik berdik”.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar