So’nggi yangiliklar

18:41Асу Алмабаев Рамазон Темировга қарши эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:20ПСЖ 300 миллион долларлик янги машғулот марказини очди 0 17:58"Фьюри реваншда Усикни мағлуб этади" - собиқ чемпион 0 17:34Фигерейду Ян билан жанги учун ўз тахминини айтди 0 17:07Жейк Пол нима учун Тайсон билан жанги ўзига ёқмаганини айтди 0 16:41"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи 0 16:20Шахмат ва парашахмат бўйича “ҳоким кубоги” 0 15:59Россиялик блогер Баҳодир Жалоловнинг навбатдаги рақиби ҳақида: "Мешок"ларнинг камдан-кам учрайдигани рақиб қилиб олинди" 0 15:38Волейболчи талаба-қизлар ғолиблик учун беллашди 0 15:17Хакими ПСЖ билан шартномасини узайтирди 0 14:56Муҳаммад Мокаевнинг Brave CF'даги илк рақиби маълум 0 14:35Ҳасанбой Дўсматов Лос-Анжелес-2028даги иштироки ҳақида: "Бир нарса дейиш қийин" 0 14:14Қозоғистон терма жамоасининг Осиё чемпионати учун таркиби эълон қилинди 0 13:53Суперлига. Чемпион Фарғонада меҳмон! 0 13:32Ҳамюртимиз ONE FC турнирининг марказий жангида иштирок этади (+тўлиқ кард) 0

25 iyu 21:49
Yangiliklar

Tokio-2020

Rasman: Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida sovrindor bo'lgan o'zbekistonlik sportchilar qancha mukofot olishi aniq bo'ldi

2021 yilda Tokio shahrida (Yaponiya) bo'lib o'tadigan XXXII yozgi olimpiya va XVI paralimpiya o'yinlarida O'zbekiston sport delegaciyasining ishtirokini taminlash hamda olimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Joriy yilda Tokio shahrida (Yaponiya) bo'lib o'tadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida O'zbekiston sportchilarining har tomonlama tayyorgarligi va muvaffaqiyatli ishtirokini taminlash, ularda oltin, kumush va bronza medallarini qo'lga kiritgan sportchilarni moddiy qo'llab-quvvatlash, shuningdek, mamlakatimizda Olimpiya va Paralimpiya harakatlarini yanada rivojlantirish maqsadida:

1. 2021 yilda Tokio shahrida (Yaponiya) bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlarida (keyingi o'rinlarda – Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari) ishtirok etadigan O'zbekiston sport delegaciyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Turizm va sport vazirligi (A.Abduxakimov), O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi (R.SHaabduraxmanov), O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi (M.Tashxodjaev) zimmasiga quyidagi vazifalarni bajarish yuklansin:

Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida qatnashish huquqini beruvchi licenziyani qo'lga kiritgan sportchilar uchun o'quv-mashg'ulot yig'inlarining yakuniy bosqichini samarali va sifatli tashkil etish;

Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida O'zbekiston sport delegaciyasi azolarining ishtirok etishi uchun ularni sport anjomlari (shu jumladan, maxsus sport anjomlari), rasmiy libos va sport ekipirovkasi bilan taminlash;

Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida O'zbekiston sport delegaciyasi azolarining ishtirokini taminlash uchun ularni kuzatish, joylashtirish, tantanali ravishda kutib olish tadbirlarini tashkillashtirish.

3. O'zbekiston sport delegaciyasining 2021 yilda Tokio shahrida (Yaponiya) bo'lib o'tadigan yozgi XXXII Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rishi va ishtirok etishi xarajatlari smetasi
2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Malumot uchun qabul qilinsinki:

2021 yil 24 iyun holatiga Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida qatnashish huquqini beruvchi jami 101 ta licenziya qo'lga kiritilgan;

Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari boshlangunga qadar olimpiya sport turlari bo'yicha qo'shimcha kvotalar ajratish, paralimpiya sport turlari (paradzyudo, parapauerlifting, parasuzish, paraakademik eshkak eshish va boshqalar) bo'yicha qo'shimcha 17 ta licenziyani qo'lga kiritish kutilmoqda.

Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini sifatli tayyorlashni tashkil etish bo'yicha Respublika komissiyasi (A.Aripov)ga Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari boshlangunga qadar ularda qatnashish huquqini beruvchi qo'shimcha licenziyalar sonidan kelib chiqib mazkur qaror bilan tasdiqlanayotgan 1 va 2-ilovalarga tegishli ravishda komissiya bayoni bilan o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish huquqi berilsin.

Respublika komissiyasi Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik qilish va ishtirok etishning aniq miqdorini belgilasin.

5. Belgilab qo'yilsinki:

a) Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida g'olib va sovrindor bo'lgan O'zbekiston sportchilari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag'batlantiriladi:

oltin medal uchun – 200 000 AQSH dollari;

kumush medal uchun – 100 000 AQSH dollari;

bronza medal uchun – 50 000 AQSH dollari;

b) mazkur bandda nazarda tutilgan xarajatlar Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan qoplanadi.

6. Milliy antidoping agentligi (N.Tursunov) Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida:

sportchilar tomonidan antidoping qoidalariga qatiy rioya qilinishi ustidan samarali antidoping nazoratini amalga oshirsin;

O'zbekiston sport delegaciyasini antidoping mavzulariga oid tegishli o'quv-axborot materiallari va turli ko'rgazmali malumotlar bilan taminlasin.

7. Tashqi ishlar vazirligi (A.Kamilov) O'zbekiston sport delegaciyasining Narita xalqaro aeroportida immigraciya nazoratidan o'tishiga ko'maklashsin.

8. Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov):

O'zbekiston sport delegaciyasi azolarining Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida qatnashishi uchun O'zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti o'z vaqtida rasmiylashtirilishini taminlasin;

kuzatish va kutib olish tadbirlarida xavfsizlikni taminlash va jamoat tartibini saqlash, shuningdek, O'zbekiston sport delegaciyasi transport vositalarining Toshkent shahar hududida kuzatuvini tashkil etish bo'yicha zarur tashkiliy choralarni ko'rsin.

9. Transport vazirligi (I.Maxkamov):

Turizm va sport vazirligi, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi hamda O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi talabnomalariga asosan joriy yilning iyul-sentyabr oylarida Tokio shahriga reyslar tashkil etilishi, shuningdek, O'zbekiston sport delegaciyasi uchun aviachiptalar bron qilinishini;

“Toshkent-Tokio-Toshkent” yo'nalishi bo'yicha charter reyslari tashkil etilishi va amalga oshirilishini;

O'zbekiston sport delegaciyasi azolariga tegishli bo'lgan sport anjomlari va jihozlarining Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti orqali bepul o'tkazilishini;

Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportining umumiy zalida “yashil yo'lak” tashkil qilish va mazkur yo'lak orqali O'zbekiston sport delegaciyasi azolarini kuzatishni taminlasin.

10. Davlat bojxona qo'mitasi (M.Azimov) O'zbekiston sport delegaciyasi va ularning qo'l yuklari (sport ovqatlari, sport anjomlari, jihozlar, tibbiy asbob-uskunalar va preparatlar hamda boshqalar) bojxona nazoratidan o'tkazish va rasmiylashtirish ishlari tezkorlik bilan amalga oshirilishini taminlasin.

11. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi (R.SHaabduraxmanov) hamda O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi (M.Tashxodjaev) “Dori-Darmon” AK (U.Salixbaeva), Sog'liqni saqlash vazirligi (A.Xadjibaev) bilan birgalikda O'zbekiston sport delegaciyasini zarur bo'lgan jihozlar, tibbiy asbob-uskunalar va preparatlar bilan taminlasin.

12. O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A.Xadjaev), O'zbekiston Milliy axborot agentligi (A.Ko'chimov) sportchilarning Olimpiada oldi o'quv-mashg'ulot yig'inlari, Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida ishtiroki to'g'risida qisqa metrajli videoroliklar hamda maxsus ko'rsatuvlar tayyorlanishini va ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taminlasin.

13. Turizm va sport vazirligi (A.Abduxakimov) O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi (R.SHaabduraxmanov) va O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi (M.Tashxodjaev) bilan birgalikda besh kun muddatda Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari davomida tashkiliy ishlarni tezkorlik bilan hal qilish va muvofiqlashtirish maqsadida milliy shtablarni tashkil etsin va faoliyatini yo'lga qo'ysin.

14. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasiga hamda O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasiga Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish uchun sport anjomlari, jihozlar, uskunalar, delegaciya rasmiy liboslari, sport kiyimlari (ekipirovkasi), sport tibbiyoti jihozlari, tibbiy-biologik preparatlar xarid qilish bo'yicha xorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan shartnomalarni, shuningdek, o'quv-mashg'ulot yig'inlari bo'lib o'tadigan sport bazalari, yotoqxona, sport zallari va sport jihozlari ijaralari to'g'risida hamda ovqatlanishni tashkil qilish yuzasidan shartnomalarni, istisno tariqasida, davlat xaridlari bo'yicha maxsus axborot portalida tegishli elon joylashtirmasdan va elektron savdolarsiz, tendersiz, to'g'ridan-to'g'ri rasmiylashtirish va to'lovlarni amalga oshirishga ruxsat berilsin.

15. Bosh vazir o'rinbosari – turizm va sport vaziri A.Abduxakimov O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda hamda sport federaciyalari (associaciyalari)ni jalb etgan holda quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kiritsin:

a) bir oy muddatda – olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatini tubdan takomillashtirish, bu borada kollejlardagi sport talim yo'nalishlarining olimpiya sport turlari bilan uzviy bog'liqligini taminlash, hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (selekciya)ning yangi tizimini joriy qilish, trener va mutaxassislarni moddiy rag'batlantirish tizimini yaxshilash bo'yicha;

b) 2021 yil 1 dekabrga qadar:

jamoaviy sport turlari (basketbol, gandbol, chim ustida xokkey, voleybol va boshqalar)ni rivojlantirish va ommalashtirish, bu borada iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (selekciya) tizimini joriy qilish, tuman (shahar), viloyat, respublika va xalqaro musobaqalar va turnirlarni tashkil etish hamda o'tkazish, trener va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo'yicha;

suv sporti turlari (suv polosi, suzish, sinxron suzish, suvga sakrash va boshqalar)ni rivojlantirish, suv sporti saroylarini barpo etish, xususiy suv sporti maktablarini tashkil etishni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash bo'yicha.

16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o'rinbosari – turizm va sport vaziri A.A.Abduxakimov, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi R.M.SHaabduraxmanov va O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi raisi M.M.Tashxodjaev belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A.Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.

O'zbekiston Respublikasi

         Prezidenti                    SH.MIRZIYOEV

Toshkent shahri,

2021 yil 25 iyun

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing