28 may 13:13
Yangiliklar
Og'ir atletika
Rasman: O'zbekistonlik sportchi antidoping qoidalarni buzgan, uning Olimpiadadagi natijasi bekor qilindi
Sport arbitraj sudi 27 yoshli o'zbekistonlik sportchi Ruslan Nurudinovning London-2012 Olimpiadasidan keyin topshirgan doping-probasidan taqiqlangan moddalar topilgan.
Qayta tekshiruvdan so'ng og'ir atletikachimizning London-2012 Olimpiadasidan so'ng topshirgan tahlilidan turinabol moddasi topilgan. Endi sportchining ishi Xalqaro og'ir atletika federaciyasiga jo'natiladi va tashkilot unga sankciya beradi.
Eslatib o'tamiz, Ruslan 2012 yilgi Olimpiya o'yinlarida to'rtinchi o'rinni egallagandi. Endilikda uning o'sha natijasi nolga tenglashtiriladi.
Rio Olimpiadasidagi oltin medal esa hozircha Ruslanning o'ziga tegishli.
Havola :
Manba : CAS
Fikrlar