02 fev 18:04
Yangiliklar
Boks/MMA
Rasman. Povetkin va Prays jangi sanasi malum
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Aleksandr Povetkinning navbatdagi jangini qachon va qaerda o'tkazishi malum bo'ldi.
Bu haqda taniqli promouter Eddi Xirn xabar bermoqda. Unga ko'ra, rossiyalik bokschi 31 mart kuni Uels poytaxti Kardiff shahridagi “Millenium” stadionida ringga ko'tariladi. Uning raqibi britaniyalik Devid Prays bo'ladi.
Ushbu boks oqshomining markaziy jangida superog'ir
vaznda WBA (Super) va IBF yo'nalishlari chempioni britaniyalik Entoni Joshua hamda WBO
chempionlik kamari sohibi zelandiyalik Jozef Parker o'zaro birlashtiruvchi chempionlik
jangida to'qnash kelishadi.
Havola :
Fikrlar