07 avg 09:56
Yangiliklar
Jozef Parkerdan kokain uchun doping bo'yicha ayblovlar olib tashlandi
Uning kokain uchun musbat chiqqan doping-sinovi sababli qo'llanilgan vaqtinchalik diskvalifikaciyasi bekor qilindi.
«Vaqtinchalik diskvalifikaciyam bekor qilinganini va tez orada ringga qaytishimni tasdiqlashdan mamnunman. Tafsilotlar aniqlashtirilayotgani uchun hozircha boshqa izoh bermasligim tavsiya qilindi. Barcha muxlislarimga rahmat», — deydi Parker.
Eslatib o'tamiz, yangi zelandiyalik bokschining kokain uchun musbat chiqqan doping-sinovi 2025 yil 25 oktyabr kuni, britaniyalik Fabio Uordliga qarshi jang bo'lib o'tgan kunda topshirilgan edi. Jozef Parker 2016–2018 yillarda WBO yo'nalishi bo'yicha jahon chempioni bo'lgan. U professional faoliyati davomida 36 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat qayd etgan.
Fikrlar