23 jan 13:32
Yangiliklar
Rasman: Qishki Olimpiadada ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar malum
2018 yilgi qishki Olimpiya o'yinlarida O'zbekiston sharafini ikki nafar sportchimiz himoya qiladi. Bular figurali uchish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Misha Ge va tog' chang'i sporti bo'yicha mamlakat terma jamoasi etakchisi Komiljon To'xtaevlardir.
Musobaqalarga birinchi bo'lib Misha Ge kirishadi. U 16 fevral kuni “Gangneung Ice Arena” muz saroyida figurali uchishning qisqa dasturida chiqish qilsa, ertasiga 17 fevralda erkin dasturda o'z omadini sinab ko'radi.
Komiljon To'xtaev 18 fevral kuni tog chang'isining gigant slalom bahslarida ishtirok etadi. 22 fevralda esa slalom bo'yicha musobaqada qatnashadi. Tog' chang'isi bo'yicha bellashuvlar “Yongpyong Alpine Centre” majmuasida bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, XXIII qishki Olimpiya o'yinlari Koreya Respublikasining Pxyonchxan shahrida 9 -25 fevral kunlari bo'lib o'tadi.
Fikrlar