19 apr 07:52
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/37176_220.jpg)
Rasman. Saul Alvares 6 oyga diskvalifikaciya qilindi
Nevada shtati Atletik (NSAC) komissiyasining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Unda o'rta vazn toifasi vakili Saul Alvaresning dopingga doir masalasi ko'rib chiqildi. 17 va 20 fevral kunlari o'tkazilgan doping tekshiruv chog'ida meksikalik bokschining qon tarkibida taqiqlangan klenbuterol moddasi borligi aniqlangandi.
Komissiya qaroriga ko'ra, Alvares 6 oyga boksdan chetlatildi. Ushbu jazo muddati doping-tahlil olingan kundan boshlab kuchga kirdi. Saul “Kanelo”ning diskvalifikaciya muddati 17 avgust kuni yakunlanadi.
Havola :
Fikrlar