20 iyu 10:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman. SHohjahon Ergashev nihoyat mashhur va tajribali bokschi bilan jang qiladi + POSTER
Birinchi yarimo'rta vazn toifasida IBF kamari uchun o'zbekistonlik sobiq davogar SHohjahon Ergashevning keyingi jangi elon qilindi.
Hamyurtimiz avval xabar berganimizdek, 2 iyul kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi Rixos Tersane majmuasida tashkil etiladigan IBA.Pro 7 turniri doirasida ringga ko'tariladi.
Tashkilot matbuot xizmatining xabar berishicha, Ergashev o'sha kuni Armaniston vakili, taniqli Ovannes Bachkov bilan to'qnash keladi.
Malumot uchun, 33 yashar SHohjahon Ergashev faoliyati davomida hozirga qadar 27 ta jang o'tkazib, 25 g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. 32 yoshli Ovannes Bachkov hisobida esa 7 ta g'alaba bor.
IBA.Pro 7 turnirining markaziy jangi tashkilotning super yarimengil vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun Albert Batirgaziev hamda Jeyms Dikkens o'rtasida kechadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar