06 dek 16:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman. SHohjaxon Ergashev 14 dekabr kuni ringga chiqadi, raqib malum!
Nokautchi nomini olgan professional bokschimiz SHohjahon Ergashevning navbatdagi jangini Rossiyada o'tkazishi haqida xabar bergan edik.
Bugun 26 yoshli charm qo'lqop ustamizning ushbu jangi rasman tasdiqlandi. Unga ko'ra, SHohjaxon Ergashev (15-0, 14KO) 14 dekabr kuni Krasnodar shahrida tajribali ugandalik bokschi Badru Lusambiya (26-4-2, 24KO)ga qarshi ringga ko'tariladi.
“Olimp” sport arenasida o'tkaziluvchi ushbu boks oqshomining markaziy jangida rossiyalik 25 yoshli Ayk SHaxnazaryan (22-2, 11 KO) 33 yoshli hamyurti Fyodor Papazov (21-2, 12 KO) bilan to'qnash keladi. SHohjahon hozirda WBA International chempionlik kamari sohibi bo'lib turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar