25 sen 11:22
Yangiliklar
Rasman! Tayson Fyuri va Entoni Joshua o'rtasidagi uzoq kutilgan jang nihoyat elon qilindi!
To'qnashuv Netflix orqali jonli efirda namoyish etiladi. Jang rasman tasdiqlanganini Turki Alalshayx va Netflix 24 sentyabr kuni elon qildi.
Tomonlar bir necha oy davom etgan muzokaralardan so'ng kelishuvga erishdi. Fyuri jang qaerda o'tkazilishining ahamiyati yo'qligini bildirgan, Joshua esa uchrashuv Buyuk Britaniyada bo'lishini istagandi.
Natijada jang Uels poytaxti Kardiffdagi Principality Stadium’da o'tkaziladigan bo'ldi. Bu stadionda Joshua avval ham ikki marta jang qilgan. Fyuri esa Uelsda hali ringga chiqmagandi.

«Bu avlodning ikki eng yaxshi og'ir vazn bokschisi nihoyat bir ringda uchrashadi. Bu boks tarixidagi eng katta janglardan biri bo'ladi», — deydi jang anonsida Turki Alalshayx.
Joshua professional faoliyatida 30 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat qayd etgan. Fyurining ko'rsatkichi esa 36 ta g'alaba, 2 ta mag'lubiyat, 1 ta durangdan iborat.
Fikrlar