03 may 17:08
Yangiliklar
Boks/MMA
Rasman! Tim Czyuning 3 yildan beri ringga chiqmagan Errol Spensga qarshi jang tasdiqlandi + POSTER
Birinchi o'rta vazn toifasida sobiq WBO chempioni Timofey Czyu navbatdagi jangini yarim o'rta vaznda IBF, WBC va WBA yo'nalishlari bo'yicha 35 yoshli sobiq jahon chempioni amerikalik Errol Spensga qarshi jang o'tkazadi.
Bu xabarni Premier Boxing Champions (PBC) matbuot xizmati tasdiqladi. Ikki sobiq chempionlar jangi 25 iyul kuni Avstraliyada bo'lib o'tadi.
Timofey o'zining professional rekordida 27 ta g'alaba (18 tasi muddatidan oldin) va 3 ta mag'lubiyat qayd etgan. O'zining so'nggi jangida u albaniyalik Denis Nurjaga qarshi ringga chiqib, raqibiga ilk mag'lubiyatni taqdim etdi.
Errol Spens esa o'zining professional boks rekordida 28 ta g'alaba (22 tasi muddatidan avval) 1 ta mag'lubiyatga ega. Lekin Errol 2023 yildan beri ringga chiqmay kelyapti.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar