03 may 16:05
Yangiliklar
Xayme Mungiya WBA yo'nalishining yangi chempioni
Birinchi o'rta vazn toifasida sobiq chempion, meksikalik 29 yoshli Xayme Mungiya ikkinchi o'rta vaznda WBA yo'nalishi bo'yicha jahon chempionlik unvoni uchun Xose Armando Resendes (16-3, 11 KO)ga qarshi jang o'tkazdi.
O'n ikki raund to'liq davom etgan jangda Mungia hakamlarning yakdil qarori bilan (120-108; 119-109; 117-111) g'alaba qozondi va WBA chempioniga aylandi. Resendes esa birinchi himoya jangidayoq chempionlik kamarini boy berdi.
Malumot uchun, 29 yoshli Mungiya faoliyatidagi 46-g'alabasini qo'lga kiritdi, hisobidagi mag'lubiyatlari ikkitaligicha qoldi. 27 yoshli Resendes uchun esa bu uchinchi mag'lubiyat bo'ldi. Hisobida 16 ta g'alaba (11 tasi muddatidan oldin) bor.
Eslatib o'tamiz, oqshomning asosiy jangida mag'lubiyatsiz odimlayotgan Devid Benavides (32-0, 26 KO) uchta vazn toifasida chempion bo'ldi. U supero'rta, yarim og'ir va birinchi og'ir vazn toifasida jahon chempionlik unvonlarini qo'lga kiritgan birinchi jangchiga aylandi.

Fikrlar