05 apr 12:47
Yangiliklar
Tim Czyu kamar uchun jang o'tkazdi
"Uin Enterteyment Centr" arenada o'tgan oqshomning asosiy jangi o'rta vazn toifasi vakillari avstraliyalik Tim Czyu va albaniyalik Denis Nurdja o'rtasida kechdi. Jang boshidayoq Tim raqibi bilan bosh to'qnashuvidan keyin jarohat oldi, ammo bu uning jangda etakchilikni qo'lga kiritishiga to'sqinlik qilmadi.
To'rtinchi raundda Czyu chap qo'li bilan Nurdjani nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. Jang to'liq 10 raund davom etdi va Tim yakunda hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi. Uchchala hakam ham 100-88 hisobidagi g'alabani avstraliyalikka taqdim etishdi. Ushbu g'alaba Timga vakant bo'lib turgan WBO International kamarini keltirdi.
Malumot uchun, 31 yoshli Timning g'alabalari 27 taga (18 tasi muddatidan avval) etdi. Mag'lubiyatlari 3 taligicha qoldi. 32 yashar Denis esa bugun faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Hisobida 20 ta g'alaba (9 tasi muddatidan avval) bor.
Mashhur Konstantin Czyuning to'ng'ich o'g'li navbatdagi jangini amerikalik tajribali Errol Spensga qarshi o'tkazishi kutilmoqda.

Fikrlar