04 may 12:08
Yangiliklar

Rasman: Turki al ash SHayh Terens Krouford - Saul Alvares jangi sanasi va manzilini elon qildi
Kecha Ar-Riyod shahrida o'tgan va Saul Alvaresning g'alabasi bilan yakunlangan jangdan keyin Turki Al ash-SHeyx ringga chiqib keldi va har ikki bokschi guvohligida ushbu yil jangiga qiyoslanayotgan to'qnashuvni rasman elon qildi.
Ikkinchi o'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylangan meksikalik afsona ikki vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni amerikalik Terens Kroufordga qarshi ringga ko'tariladi. Jang 12 sentyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi "Allegiant" arenesida o'tkaziladi. Ushbu jang ikkinchi o'rta vaznda mutlaq jahon chempionligi uchun tashkil etiladi.
Malumot uchun, kecha Alvares Ar-Riyod shahrida o'tkazilgan prof boks oqshomida kubalik Uilyam Skallni 12 raund to'liq davom etgan jangda ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan hamda o'z faoliyatida ikkinchi bor ikkinchi o'rta vaznda mutlaq jahon chempioniga aylangandi. Krouford esa so'nggi jangini o'tgan yilning 3 avgust kuni Los-Anjelesda hamyurtimiz Isroil Madrimovga qarshi o'tkazib, hakamlarning qaroriga ko'ra g'alaba qozongan edi.
Fikrlar