22 fev 09:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman. UFC chempioni Jorj Sent-Per faoliyatini yakunladi
Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Jorj Sent-Per rasman faoliyatini yakunlaganini elon qildi.
Jorj o'z qarorini izohlar ekan, UFCdan bitta armon bilan ketayotganini aytdi.
"Xabib Nurmagomedovga qarshi jang o'tkazish ustida ishladik. Bu jangni men ham, Xabib ham xohlagandi. Lekin UFCning rejalari o'zgacha bo'lib chiqdi. Nurmagomedovga eng yaxshi tilaklarni bildiraman. Men uning eng katta muxlisiman. Uning janglarini katta ishtiyoq bilan tomosha qilaman. U ishtirokidagi navbatdagi jangni sabrsizlik bilan kutaman", - dedi Jorj.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar